» » Mehnat migrantlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha norma qonun loyihasiga kiritiladi

Mehnat migrantlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha norma qonun loyihasiga kiritiladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019-yil 22-oktabrdagi majlisida deputatlar bugungi kunda hammaning diqqat markazida turgan va dolzarb ahamiyat kasb etayotgan aholini ish bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Majlisda aholi bandligini ta’minlash borasida bir qator vazifa va topshiriqlarni o‘zida qamrab olgan yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur qonun loyihasi parlament quyi palatasiga kelib tushganidan so‘ng jamoatchilik, mutaxassislar, ekspertlar o‘rtasida hamda partiyalar fraksiyalarida har tomonlama muhokama qilingan.

Ta’kidlanishicha, Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi farmoniga asosan ishlab chiqilgan ushbu loyihaning yaratilishiga bir nechta obyektiv sabablar turtki bo‘lgan. Avvalo, 1998-yilda qabul qilingan amaldagi qonun mehnat bozorining hozirgi holati va voqelikni aks ettirmaydi. Mehnat va bandlik sohasidagi mavjud muammolarni, dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan amaldagi normalar qariyb yaroqsiz holga kelgan.

Qolaversa, mehnat bozorini tartibga solishning yangi vositalari, xususan, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi band qilish, shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish va ishsizlarni kasb-hunarga qayta o‘qitish, ish stajini hisobga olishda yangi axborot tizimlaridan foydalanish kabilar borasida qonunchilik real hayotdan ortda qolgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi 20 yil ichida mehnat bozorida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bergani hisobga olinsa, samarasiz, eskirgan norma va qoidalardan iborat bo‘lib qolgan ayni sohadagi qonun hujjatlarini yangilashga tabiiy ehtiyoj tug‘ilgan. Mehnat migratsiyasini tartibga solish bilan bog‘liq yangi munosabatlarni qonuniy tartibga solish davri allaqachon kelgani barchaga ma’lum, deyiladi palata xabarida.

Ayni maqsadga erishish uchun qonunda bandlik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishning moliyaviy vositalari hisoblangan Jamoat ishlari jamg‘armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar huquqlari va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi tuzilmalar faoliyati aniq-tiniq belgilab berilmoqda.

Xabar berilishicha, mazkur qonun loyihasining asosiy xususiyati va ajralib turadigan jihati, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalardan tashkil topgan. Ya’ni, loyiha uchta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 ta farmon va qarorida, Vazirlar Mahkamasining bandlik va mehnat bozorini tartibga solish, mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan 40 dan ziyod me’yoriy hujjatida ko‘zda tutilgan huquqiy normalarni o‘zida jamlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют