» » Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi


Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yaqinda bo‘lib o‘tgan majlisida “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan edi. Qonun loyihasi O‘zbekiston Prezidentining Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish konvensiyasini bundan buyon ham amalga oshirish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek, ushbu Konvensiya normalarini implementatsiya qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ushbu qonun loyihasi shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashga, konstitutsiyaviy tuzumni va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilishga, fuqarolar tinchligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlashga, ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishga, ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga imkon berishi bilan ahamiyatli.

Ayni paytda quyi palatada qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayoni ketmoqda. Mazkur hujjatni maromiga yetkazish, uni takomillashtirish yuzasidan jamoatchilikning takliflarini olish maqsadida qonun loyihasi parlament quyi palatasi rasmiy veb-saytidagi “Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihalari” rukniga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют