» » O‘zbekistonda ShHTning ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

O‘zbekistonda ShHTning ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasi ratifikatsiya qilindi


O‘zbekiston Prezidenti “Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 15-martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2018-yil 29-martda ma’qullangan.

Konvensiya 2017-yil 9-iyun kuni Ostonada ShHT sammitida tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan imzolangan.

Hujjat bildirish va shart bilan ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi Konvensiyani bajarish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilan

“Konvensiya qoidalarining O‘zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini musodara qilishni qo‘llash mumkinligiga taalluqli qismi milliy qonunchilikka mos kelmaganligi uchun qo‘llanilmaydi”, — deyiladi qonunda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют