» » O‘zbekistonda “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi parlamentga kiritildi

O‘zbekistonda “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi parlamentga kiritildi


Shu kunlarda parlament quyi palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida birinchi o‘qishda konseptual ko‘rib chiqish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur hujjat Bosh prokurorning qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga kiritilgan, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Qo‘mita raisi o‘rinbosari Akmal Rahmonovning ma’lum qilishicha, ushbu qonun loyihasi ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari ekstremistik harakatlardan shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash, konstitutsiyaviy tuzumni va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlash hisoblanadi.

Qonun loyihasida “ekstremistik faoliyat” (“ekstremizm”), “ekstremist”, “ekstremizmni moliyalashtirish”, “ekstremistik material” tushunchalariga aniq ta’rif berish, ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilmoqda. Ekstremizmga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi va amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlarini belgilab berish nazarda tutilayapti.

Qonun loyihasini ishlab chiqishda ekstremistik harakatlar uchun jinoiy-huquqiy javobgarlik choralari nazarda tutilgan AQSh, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya kabi xorijiy mamlakatlar tajribasi har tomonlama tahlil qilingan. Shuningdek, ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida maxsus qonunlar qabul qilingan Moldova, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning qonunchiligi qiyosiy o‘rganilgan.

Qo‘mita raisi o‘rinbosarining fikricha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi, eng avvalo, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashga, konstitutsiyaviy tuzumni va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo hamda konfessiyalararo totuvlikni saqlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ekstremistik harakatlarning o‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, shuningdek, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash hamda umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют