» » O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarda turar joylardan va umumiy mulkdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarda turar joylardan va umumiy mulkdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “Ko‘p kvartirali uylarda turar joylardan, umumiy mulkdan foydalanish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 12-oktabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida mazkur yangi qonun loyihasi deputatlar, soha mutasaddilari, mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.

Qonun loyihasida ko‘p kvartirali uylarda umumiy mulkni texnik va sanitar saqlash, joriy va mukammal ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, hovli atrofini ko‘kalamzorlashtirish masalalari ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bolalar maydonchasiga xavfsiz va zamonaviy konstruksiyalar o‘rnatish, injener-muhandislik tizimlari saqlanuvchanligini ta’minlash, sanitar-epidemiologik va texnik talablar hamda yong‘in xavfsizligiga rioya etish, xonadon ichida ta’mirlash ishlarini bajarish tartiblari ham e’tiborga olingan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют