» » Senat “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun” loyihasini ma’qulladi

Senat “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun” loyihasini ma’qulladi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun” loyihasi senatorlar tomonidan ma’qullandi,— deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

2014 yil 16 aprelda O‘zbekiston Konstitutsiyasining qator moddalariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan jamoatchilik nazoratiga konstitutsiyaviy maqom berilgan edi.

“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash orqali Konstitutsiyada kafolatlangan jamiyat va davlat ishlarini boshqarishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Bunday nazorat 4 sub’ekt, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, qonunda jamoatchilik nazoratining

ob’ekti, asosiy prinsip va shakllari belgilandi.

Unga muvofiq qabul qilinayotgan me’yoriy- huquqiy hujjatlar, qarorlar, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamiyat manfaatlari hamda jamoatchilik fikrining hisobga olinishi, jamiyat, fuqarolar, yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishini ta’minlash, ular zimmasiga yuklatilgan jamiyat manfaatlariga daxldor vazifalar ijrosi, ijtimoiy sheriklik doirasidagi bitimlar, shartnomalar, loyiha va dasturlarning amalga oshirilishi jamoatchilik nazoratining ob’ekti hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 10) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют