» » Qibrayda davlat korxonasi moliyachisi 581 mln so‘mni “moddiy yordam”, “mukofot” sifatida talon-toroj qildi

Qibrayda davlat korxonasi moliyachisi 581 mln so‘mni “moddiy yordam”, “mukofot” sifatida talon-toroj qildi


Qibrayda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” DUKning 581 million so‘m mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur korxonaning moliya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i N.Q. 2019-yilning o‘tgan davrida, hech qanday asossiz korxonaning 581,7 million so‘m pul mablag‘larini “moddiy yordam”, “bayram munosabati bilan mukofot” va “xizmat safari xarajatlari” ko‘rinishida o‘zining va muqaddam korxonada mutaxassis bo‘lib ishlagan qarindoshi O.N.ning plastik kartasiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan N.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilangan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval Toshkentda bank xodimi bir necha shaxslar bilan til biriktirib kreditga ajratilgan 200 mln so‘mni talon-toroj qilgani, fuqaro investorni aldab, 240 mln so‘mini o‘zlashtirgani, Buxorodagi kompaniyaning 340 mln so‘mini aldov yo‘li bilan olib, naqdlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi ochilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют