» » Toshkentda bank xodimi bir necha shaxslar bilan til biriktirib kreditga ajratilgan 200 mln so‘mni talon-toroj qildi

Toshkentda bank xodimi bir necha shaxslar bilan til biriktirib kreditga ajratilgan 200 mln so‘mni talon-toroj qildi


Toshkentning Chilonzor tumanida bir guruh shaxslarning xususiy korxonaga ajratilgan kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro M.Sh. “Milliy bank”ning Sayohat bo‘limi boshqaruvchisi lavozimida ishlagan davrida fuqarolar N.A., A.U. va “B.F.” MChJ mansabdor shaxslari bilan til biriktirib, “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida “M.Sh.” XKga ajratilgan 200 million so‘m kredit mablag‘larini go‘yoki “B.F.” MChJga ishlab chiqarish asbob-uskunalarini yetkazib berishi uchun o‘tkazgan. So‘ng bu pullarni fuqaro A.U.ning plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh. va uning jinoiy sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentda fuqaro investorni aldab, 240 mln so‘mini o‘zlashtirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют