» » Samarqanddagi maktablarda ta’mirlanganlik haqidagi soxta hujjatlar bilan 160 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Samarqanddagi maktablarda ta’mirlanganlik haqidagi soxta hujjatlar bilan 160 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qo‘shrabot tuman xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari tanlov komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazmay, tumandagi MChJlardan birining taklifi ma’qullanganligi haqida soxta ma’lumotlar tuzgani aniqlandi.

Ular tumandagi 45, 56 va 61-sonli maktablarida haqiqatda bajarilmagan ta’mirlash ishlarini bajarilganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, 160 million so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shrabot tuman xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют