» » Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasida 8 ta Damas noqonuniy sotib yuborilgani aniqlandi

Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasida 8 ta Damas noqonuniy sotib yuborilgani aniqlandi


Bosh prokuratura Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasidagi talon-tarojliklar haqida ma’lum qildi.

Prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida tuman tibbiyot birlashmasi sobiq mexanigi M. birlashma hisobida bo‘lgan jami qiymati 74,4 million so‘mlik 8 dona Damas rusumli avtomashinani hisobdan chiqarilganidan so‘ng, tegishli tartibda birja savdolari orqali sotmasdan, hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan noqonuniy sotib yuborgani aniqlandi.

Shuningdek, birlashma mansabdor shaxslari tomonidan davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilgan smetada nazarda tutilmagan 420,5 million so‘m ortiqcha sarflanib, budjet va smeta-shtat intizomi buzilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют