» » Andijonda soxta tabellar tuzish orqali 47 mln so‘mni o‘zlashtirgan hisobchi qo‘lga olindi

Andijonda soxta tabellar tuzish orqali 47 mln so‘mni o‘zlashtirgan hisobchi qo‘lga olindi


Andijonda soxta tabellar tuzish orqali 47 mln so‘mni o‘zlashtirgan hisobchi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, fuqaro N.M. tumandagi uchta suv iste’molchilari uyushmalarida ma’lum muddat hisobchi vazifasida ishlab kelgan holda mansab vakolatini suiiste’mol qilib, aslida korxonada ishlamagan jami 6 nafar shaxslarning mehnati to‘g‘risida soxta tabellar tuzib, shu asosda ularga ish haqi to‘lab borib, o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan 47,3 mln. so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют