» » Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bosh vazir o‘rinbosari va mehnat vaziriga parlament so‘rovini yubordi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bosh vazir o‘rinbosari va mehnat vaziriga parlament so‘rovini yubordi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 22-oktabrda bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilish barobarida vazirlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni to‘g‘risida so‘rov yuborishga qaror qildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga “O‘zbekiston Respublikasida onkologik bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, xususan, mintaqalararo ‘xospis’larni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Shuningdek, parlament a’zolarining taklifiga binoan, O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga “Aholini ish bilan ta’minlash doirasida mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning chet ellarda mehnat qilishiga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlik tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi parlament so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют