» » Qibrayda 1,4 mlrd so‘m soliq to‘lamagan korxona rahbariga jinoiy ish ochildi

Qibrayda 1,4 mlrd so‘m soliq to‘lamagan korxona rahbariga jinoiy ish ochildi


Qibrayda “G.Q.N.” hamda “G.S.E.” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari juda ko‘p miqdorda savdo qoidalarini buzganligi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, “G.Q.N.” hamda “G.S.E.” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari rahbari Ulug‘bek T. va boshqalar korxonalar tomonidan bajarilgan ishlar va tovarlar realizatsiyasidan kelib tushgan 7,3 milliard so‘m pul mablag‘larini soliq to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida hisobotlarda yashirib, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan 1,4 milliard so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.

Shuningdek, mahsulotlar sotuvidan tushgan 4,8 milliard so‘m naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan juda ko‘p miqdorda savdo qoidalarini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Ulug‘bek T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 184 (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 189-moddalari (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval Qibrayda davlat korxonasi moliyachisi 581 million so‘mni “moddiy yordam”, “mukofot” sifatida talon-toroj qilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют