» » “Yunayted”da qadr topmagan Bastian Shvaynshtayger Amerikadagi ilk o‘yinidayoq gol urdi

“Yunayted”da qadr topmagan Bastian Shvaynshtayger Amerikadagi ilk o‘yinidayoq gol urdi


“Manchester Yunayted”dagi faoliyatidan keyin AQShning “Chikago Fayr” klubi bilan shartnoma imzolagan Bastian Shvaynshtayger debyut o‘yinidayoq gol urdi.

Mamlakat chempionati doirasida “Chikago Fayr” “Monreal Impekt” klubiga qarshi kurash olib borib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvning 17-daqiqasida Bastian boshi bilan mehmonlar darvozasini aniq ishg‘ol qilishga erishdi.

Keyinroq Monreal klubi ikkita gol urdi. Ikkinchi gol 90-daqiqada kiritildi. Shunga qaramay, Shvaynshtayger to‘p surayotgan jamoa mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Hisob 93-daqiqada tenglashdi.

Ma’lumot uchun, “Chikago Fayr” 4 ta o‘yinda 5 ochko jamg‘arib, 11 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib borayotgan ligada 7-o‘rinni egallab turibdi.

Опубликовано: admin (2-04-2017, 11:02)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют