» » Joriy yilning 9 oyida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 251,8 trillion so‘mni tashkil qildi

Joriy yilning 9 oyida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 251,8 trillion so‘mni tashkil qildi


O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2019-yilning yanvar—sentabr oylarida aholi umumiy daromadlari 251,8 trillion so‘mni, nominal o‘sish sur’ati esa 22,3 foizni tashkil etgan.

Qo‘mita tomonidan ma’lum qilinishicha, iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining o‘sishi 7,1 foizni tashkil qilgan.

2019-yilning dastlabki to‘qqiz oyida aholi jon boshiga umumiy daromadlar 7,5 million so‘mni, nominal o‘sish esa 20,0 foizni, real o‘sish sur’ati 5,2 foizni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar Toshkent shahrida 14,7 million so‘mga hamda Navoiy viloyatida 11,6 million so‘mga, Buxoro viloyatida 9,4 million so‘mga va Xorazm viloyatida 7,9 million so‘mga teng bo‘lgan. Mazkur viloyatlar aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlari bo‘yicha o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi ko‘rsatkichlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,4 million so‘m) hamda Namangan (5,9 million so‘m) va Farg‘ona viloyatlarida (5,8 million so‘m) kuzatilgan.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Toshkent shahri va Andijon viloyatida kuzatilgan bo‘lib, mos ravishda 12,2 va 7,1 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar Navoiy (6,9 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (6,6 foiz), Sirdaryo (5,6 foiz) hamda Namangan (5,7 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют