» » Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasini yubiley bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasini yubiley bilan tabrikladi


Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rangli metallurgiya sanoatining yetakchisi – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganining 70 yillik sanasi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Vatanimizning kuch-qudrati o‘sishida, O‘zbekistonda qazib olinayotgan qimmatbaho va rangli metallarning yuksak sifati butun dunyoda alohida e’tirof etilishida iqtisodiyotimizning lokomotivi hisoblangan kombinatning 35 minglik jamoasi salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Hozirgi vaqtda majmua tomonidan Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi qimmatbaho va rangli metallar eng ilg‘or texnologiyalar asosida, yetakchi xorijiy kompaniyalar hamkorligida jadal o‘zlashtirilmoqda, xaridorgir mahsulotlar hajmi oshirilib, ularning 70 foizdan ortig‘i eksport qilinmoqda…

Ushbu ayyom munosabati bilan sizlarni yana bir bor samimiy muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan bunyodkorona mehnatingizda yangi zafarlar tilayman”, — deyiladi Prezident tabrigida.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekistondagi eng yirik kon-metallurgiya kombinati bo‘lib, ishlab chiqarishning 90 foizini kumush, 20 foizini oltin tashkil etadi. Olmaliq tumani rudalarni qazib olishga ixtisoslashgan hududdir. Miloddan avvalgi 9—12-asrlarga oid ko‘plab qadimiy topilmalar, shuningdek, ma’dan qazib olish izlari hamma joyda qayd etilgan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari hududida eng yirik – bir yilda 60 million tonna rudani qayta ishlash salohiyatiga ega bo‘lgan mis boyitish fabrikasi va boshqa zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarining qurilishi boshlangan.

Yaqin yillarda kombinatni modernizatsiya qilish dasturi doirasida 2023-yilga kelib ishlab chiqarish hajmining 2,5 barobarga o‘sishini ta’minlovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют