» » AQSh Maxfiy xizmati reper Eminemni Tramp va uning qizi Ivanka haqidagi qo‘shig‘i sababli so‘roq qilgani ma’lum bo‘ldi

AQSh Maxfiy xizmati reper Eminemni Tramp va uning qizi Ivanka haqidagi qo‘shig‘i sababli so‘roq qilgani ma’lum bo‘ldi


AQSh Maxfiy xizmati reper Eminem prezident Donald Tramp va uning qizi Ivanka tilga olingan qo‘shiq tufayli so‘roqqa tutilganini tasdiqladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Framed nomli qo‘shig‘ida Eminem AQSh prezidentini Donald Dak deb atagan. Ivanka Trampning esa “hovuzda cho‘kib ketgani” bildirilgan. Qo‘shiqda prezidentning qiziga tahdid ohanglari bor.

Eminem 2018-yil 16-yanvarda so‘roq qilingan. Uning davomida reperdan nafaqat Framed qo‘shig‘i, balki 2017-yil oktabrida BET Awards mukofotini topshirish marosimidagi Tramp tanqid qilingan chiqishi haqida ham izoh olingan.

Reper bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng Maxfiy xizmat ishni ko‘rib chiqish uchun prokuraturaga yuborib o‘tirmadi.

Eminem Maxfiy xizmatdagi so‘roq haqida 2018-yil avgustida chiqqan Kamikaze albomidan o‘rin olgan The Ringer qo‘shig‘ida eslatib o‘tgan. Qo‘shiqda reper AQSh prezidenti terrorchilar bilan aloqasi va Trampga zarar yetkazish istagi bor-yo‘qligini aniqlash uchun Maxfiy xizmat xodimlarini yuborgani haqida hikoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют