» » Iroqda norozilik ishtirokchilari viloyat hokimligi binosini yoqib yubordi

Iroqda norozilik ishtirokchilari viloyat hokimligi binosini yoqib yubordi


Iroqda hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazayotgan aholi vakillari partiyalar ofisi va viloyatlarning birida hatto mahalliy hokimlik binosini yoqib yubordi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Xabarga ko‘raб manifest o‘tkazayotgan xalq An-Nasiriya shahridagi Di-Kar viloyati hokimiyati binosi oldida to‘plangan va Bag‘doddan janubda, 350 kilometr uzoqlikdagi ushbu joyda hukumat bosh vaziri Odil Abdul Mahdiyning iste’fosini talab qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuv natijasida noroziliklar ishtirokchilari hokimlik binosiga bostirib kirgan va uni yoqib yuborgan.

Al-Mutanna viloyatining As-Samava shahrida esa Ammar al-Hakimiy boshqaruvidagi shialarning “Hikma” partiyasi ofisi hamda Qays al-Hazoliy rahbarlik qiluvchi “Asaib Ahil-al-Haq” yarim harbiy shialar harakatining vakolatxonasi yoqib yuborilgan. Vasit viloyatida ham shunga o‘xshash holatlar kuzatilgan: bu yerda shialarning sobiq bosh vazir (2006—2014-yillarda hukumatni boshqargam) Nuriy al-Malikiy boshqaradigan “Qonuniy davlat” koalitsiyasi binosiga o‘t qo‘yilgan.

Shuningdek, noroziliklar vaqtida odamlar Iroq va Kuvayt chegarasidagi “Savfon” nazorat-ruxsatnoma punktini ham yopib qo‘ygan. Bu yerdagi namoyishlarda terminalga olib boradigan yo‘lda shinalar yoqilmoqda.

Namoyishchilar Maysan viloyatidagi Al-Amara shahridagi “Asayib Ahil al-Haq” harbiy guruhining binosini ham yoqishga urinib ko‘rdi. Bino qo‘riqchilari qo‘zg‘alonchilarga qarab o‘q uzishi natijasida norozilik bildirayotganlarning olti nafari jarohat olgan.

Yana qayta boshlangan namoyishlar vaqtida hozirgacha ikki nafar odam halok bo‘lgan va 90 ga yaqin odam turli tan jarohatlari olgan. Bir necha ming nafarga yetgan namoyishchilar Bag‘doddagi Tahrir markazida to‘planib, yaxshi qo‘riqlanadigan xorij elchixonalari va hukumat muassasalari joylashgan “yashil zona” Al-Jumhurriya ko‘prigi tomonga harakatlangan.

Aksiya ishtirokchilari xavfsizlik kuchlari qarshiligini yengib o‘tishga uringan, ammo qonun posbonlari ko‘zni yoshlantiruvchi gazni qo‘llab ularni ushbu hududdan uzoqlashtirgan.

Mavzuga doir: Iroq hukumati Suriyadagi vaziyat sabab mamlakat yana urush yoqasiga kelishi mumkinligidan xavotirdaligini bildirdi

Avval mamlakatda 1-oktabrda boshlangan hukumatga qarshi noroziliklarning 1-qismida 149 nafar fuqaro va 7 nafar harbiy halok bo‘lgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют