» » Qoraqalpog‘iston paxtakorlari Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan keyin uchinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi

Qoraqalpog‘iston paxtakorlari Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan keyin uchinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi


Qoraqalpog‘iston respublikasi paxtakorlari 2019-yilgi paxta xomashyosini topshirish bo‘yicha yillik shartnomaviy rejasini 100,54 foizga ortig‘i bilan bajardi, deb xabar berdi O‘zA.

2019-yil rejasiga ko‘ra, Orolbo‘yi paxtakorlari davlatga 184 ming 200 tonna paxta xomashyosi topshirishi belgilangan bo‘lib, 2019-yil 26-oktabr holatiga ko‘ra, hududdagi jami 2 ming 523 fermer xo‘jaliklari o‘z rejalarini 100,54 foizga ortig‘i bilan uddalab, 185 ming 195 tonnalik katta xirmon ko‘tardi. Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston respublikasi paxtakorlari Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan keyin uchinchi bo‘lib zafar marrasiga yetdi.

“Bu qoraqalpog‘istonlik paxtakorlar uchun katta g‘alaba bo‘ldi. Chunki hududdagi og‘ir ekologik vaziyat, yerlarning sho‘rlanish darajasining yuqoriligi, meliorativ holatining barqaror emasligi, noqulay ob-havo sharoiti mahalliy dehqon-fermerlar uchun paxta hosilini yetishtirish, parvarishlash va yig‘ib olishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi.

Bugungi kunga Taxiatosh, Amudaryo, Nukus, Beruniy, Qorao‘zak, Ellikqal’a hamda Taxtako‘pir tumanlari paxtakorlari ham paxta yetishtirish bo‘yicha shartnomaviy rejalarini ortig‘i bilan bajarib, mamlakatimiz xirmonining yuksalishiga katta hissa qo‘shdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют