» » Namanganda qariyb 100 mln so‘mni o‘zlashtirgan “Agrobank” xodimi va uning sherigi qo‘lga olindi

Namanganda qariyb 100 mln so‘mni o‘zlashtirgan “Agrobank” xodimi va uning sherigi qo‘lga olindi


Namangan viloyatidagi “To‘raqo‘rg‘on A.T.” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari “Agrobank” filiali bo‘lim boshlig‘i bilan til biriktirib, salkam yuz million so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsudinov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “To‘raqo‘rg‘on” MChJning 1981-yilga tug‘ilgan G‘.T. ismli rahbari “Agrobank” To‘raqo‘rg‘on filialining 1990-yilga tug‘ilgan N.E. ismli bo‘limi boshlig‘i bilan birgalikda 4 nafar fuqaroning nomiga jami 99,2 million so‘m kredit mablag‘larini issiqxona qurish maqsadida rasmiylashtirib olgan.

Mavzuga doir: Andijonda “Agrobank” xodimi 245 nafar o‘qituvchi nomidan 735 million so‘mlik soxta kredit rasmiylashtirgani aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”) 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют