» » Andijonda “Agrobank” xodimi 245 nafar o‘qituvchi nomidan 735 million so‘mlik soxta kredit rasmiylashtirgani aniqlandi

Andijonda “Agrobank” xodimi 245 nafar o‘qituvchi nomidan 735 million so‘mlik soxta kredit rasmiylashtirgani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda “Agrobank” Izboskan filiali front-ofisining bo‘limi boshlig‘i J.X., tumandagi maktablarning o‘qituvchilariga yillik mikroqarz krediti ajratish uchun soxta kredit hujjatlari tuzgani aniqlangan.

Xodim ushbu hujjatlar asosida 245 nafar o‘qituvchilarning har biriga naqd pulda 3 million so‘mdan jami 735 million so‘m mikroqarz ajratilishiga va pullarni bank kassasidan yechib olishiga erishgan.

Lekin xodim ushbu pullarni o‘qituvchilarga berish o‘rniga ularga Lenovo rusumli noutbuklarni tarqatgan. Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют