» » Yunusobodda qariyb 9 mlrd so‘m soliq to‘lamagan korxona mansabdor shaxslariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Yunusobodda qariyb 9 mlrd so‘m soliq to‘lamagan korxona mansabdor shaxslariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda W.T. MChJ mansabdor shaxslari juda ko‘p miqdordagi soliqlarni to‘lamaganligi holati aniqlandi.

Korxona mansabdor shaxslari 2019-yilning yanvar—iyun oylarida xorijdan import qilingan 61,1 milliard so‘mlik yuqori likvidli mahsulotlardan 44,9 milliard so‘mligini naqd pulga sotib, savdo tushumini bank muassasasiga kirim qilmasdan, 2019-yil 2-chorak yakuni bo‘yicha hisobotlardan yashirgan va budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qariyb 9 milliard so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi aniqlangan.

Vaholanki, korxona mansabdor shaxslariga 1 oy muddat ichida soliq to‘lovlarini budjetga to‘lashi lozimligi tushuntirilib, 5-oktabrda rasman ogohlantirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 184 (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 189-moddalari (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют