» » Mas’ullar Bekobod shahridagi suv quvurining yorilishi elektr ta’minotiga ta’sir ko‘rsatmasligini bildirdi

Mas’ullar Bekobod shahridagi suv quvurining yorilishi elektr ta’minotiga ta’sir ko‘rsatmasligini bildirdi


“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod shahridagi mahallalardan birida suv quvuri teshilgani va bu yuqori kuchlanishli elektr energiyasi qurilmalariga ta’sir etishi mumkinligi aks etgan videolavhaga munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shaharning Hamid Olimjon MFY Taraqqiyot ko‘chasidan o‘tuvchi suv quvurlaridan biri teshilgan. Mazkur holat “Toshkent HETK” AJ mas’ullari tomonidan o‘rganilganda suv elektr tarmog‘iga o‘z ta’sirini o‘tkazmagani, shu hududda istiqomat qiluvchi xonadon fuqarolariga elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Ayni damda ushbu masala “Bekobod shahar elektr taminoti korxonasi” rahbariyati tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan “Bekobod shahar suv tarmog‘i” idorasi bilan birgalikda qo‘shimcha axborot beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют