» » Energetika vazirligi Afg‘onistonga eksport qilingan elektr energiyasi hajmiga aniqlik kiritdi

Energetika vazirligi Afg‘onistonga eksport qilingan elektr energiyasi hajmiga aniqlik kiritdi


Internet tarmog‘ida O‘zbekiston iste’molchilariga joriy yilda 69 milliard kVt/soat elektr energiyasi zarur bo‘lishi, ishlab chiqarish esa 64 milliard kVt/soatni tashkil etishi, go‘yoki yetmayotgan 5 milliard kVt/soat elektr energiyasi Afg‘onistonga eksport qilinayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. O‘zbekiston Energetika vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, tarmoqlarda mamlakatda tanqis bo‘lgan energiya qo‘shni davlatga sotilayotgani, shuning uchun elektr ta’minotida uzilishlar bo‘layotgani muhokama etilmoqda.

O‘zbekiston Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasining yuqori kuchlanishli yerusti tarmoqlari chegaradosh mamlakatlarning magistral elektr tarmoqlari bilan barqarorlikda ishlaydi. Qo‘shni mamlakatlar dispetcherlik xizmatlari o‘zaro muvofiqlashuv asosida mintaqaning energiya xavfsizligini ta’minlaydi.

Buning sababi magistral elektr tarmoq loyihalari MDH davlatlari hali Sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lganida loyihalashtirilgani va bir-biriga chambarchas bog‘liq holda qurilgani hisoblanadi.

Bayonotda aytilshicha, O‘zbekiston elektr energiyani eksport qilishi qatorida import ham qabul qiladi. Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida import qilingan elektr energiyasi hajmi jami 2,6 milliard kVt/soatni tashkil etgan, 1,2 milliard kVt/soat elektr energiyasi Afg‘onistonga eksport qilingan.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, ichki iste’mol uchun mo‘ljallangan elektr energiyasi Afg‘onistonga eksport qilinmaydi.

Qayd etilishicha, elektr energiyasi eksportining asosiy maqsadi — qo‘shni Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan qo‘llab-quvvatlash, shu yo‘l bilan qo‘shni mamlakatda barqaror vaziyatni ta’minlashga hissa qo‘shish. Mazkur amaliyot hukumatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan.

Bayonotga ko‘ra, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar energiyadan noto‘g‘ri va besamar foydalanish oqibatida yuzaga keladigan turli avariyalar, yuqori va o‘rta kuchlanishli podstansiyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bilan bog‘liq. Simyog‘ochlarni almashtirishdagi vaqtinchalik uzilishlar, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan paytdagi vaqtinchalik tarmoqdan uzib turish va shunga o‘xshash boshqa xavfsizlik talablariga muvofiq uzilishlar elektr energiyasi sohasidagi xalqaro eksport va import masalalari bilan bevosita bog‘liq emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют