» » “Hududiy elektr tarmoqlari”: O‘zbekistonda elektr energiyasi yetib bormagan joy yo‘q

“Hududiy elektr tarmoqlari”: O‘zbekistonda elektr energiyasi yetib bormagan joy yo‘q


O‘zbekiston hududida elektr energiyasi yetib bormagan joy yo‘q. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi bosh mutaxassisi Dilshod Yusufaliyev ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, hozirda O‘zbekiston bo‘ylab joylarda elektr ta’minotini rejali o‘chirish holatlari umuman yo‘q, lekin avariyaviy o‘chirishlar bor.

“Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalari mavjud. Unga ko‘ra, uzoq muddatli rejali o‘chirish bo‘ladigan bo‘lsa, iste’molchilar mahalliy hokimlik yoki qishloq fuqarolar yig‘ini vakillari orqali belgilangan tartibda uch kun oldin ogohlantiriladi”, — dedi Yusufaliyev.

“Milliy energetika tarmoqlari” kompaniyasi 2019-yilda jami 51,6 milliard kVt/soat elektr energiyasini transportirovka qilish majburiyatini olgan bo‘lib, yanvar—avgust oylarida 32,9 milliard kVt/soat elektr energiyasi transportirovka qilingan.

Kompaniyaning iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Jo‘rayev mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, 2019-yilda 480,5 million so‘mlik elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgani, shundan 8 oy davomida 326,4 million so‘mlik elektr energiyasi ishlab chiqarilganini bildirdi.

Mavzuga doir: “Juda ko‘p elektr energiyasi iste’mol qilyapmiz”. Energetika vazirligi tizimi mutasaddisi iste’mol madaniyati haqida gapirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют