» » Xonadonini elektr tarmog‘iga yashirincha ulab olgan elektr ta’minoti korxonasi xodimi jazolandi

Xonadonini elektr tarmog‘iga yashirincha ulab olgan elektr ta’minoti korxonasi xodimi jazolandi


Farg‘onada yashash xonadonini elektr tarmog‘iga yashirincha ulab olgan elektr ta’minoti korxonasi xodimiga jazo tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

MIB Farg‘ona tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir qator uddaburon iste’molchilarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Shunday iste’molchilardan biri Farg‘ona tumani, “Mindonobod” MFYda yashovchi T.M. Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimi bo‘lib chiqdi.

Aniqlanishicha, T.M. uyidagi konditsionerni tarmoqqa yashirincha ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.

Bo‘lim mutaxassislari tomonidan T.M.ning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi natijasida tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga yetkazilgan 5 million 256 ming so‘m miqdoridagi zarar to‘liq undirildi.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 101-moddasi bilan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют