» » Farg‘onalik iste’molchiga elektrdan 1,8 mln so‘m noreal qarz hisoblangani aniqlandi

Farg‘onalik iste’molchiga elektrdan 1,8 mln so‘m noreal qarz hisoblangani aniqlandi


Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida yashovchi I. Shermatov Majburiy ijro byurosi xodimi tomonidan elektr energiyasidan dastlab 230 ming so‘m, biroz muddat o‘tgach esa, 1 million 800 ming so‘m qarz ekani haqida ogohlantirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Nohaq hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lgan I. Shermatov elektr ta’minoti korxonasiga muammoga aniqlik kiritishlarini so‘rab, bir necha bor murojaat qildi. Muammo hal bo‘lmagach, Xalq qabulxonasiga ariza yozdi. Ariza o‘rganib chiqish uchun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborildi.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqaro xonadoniga o‘rnatilgan 4 xonali hisoblagich elektr ta’minoti korxonasi xodimlarining xatosi tufayli hisob dasturiga 5 xonali hisoblagich sifatida kiritilgani aniqlandi.

Qayta hisob-kitob amalga oshirilishi natijasida iste’molchi 1,8 million so‘m qarz emas, balki 63 ming 537 so‘m haqdor ekani o‘z isbotini topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют