» » Farg‘onalik erkakka elektr energiyasidan 2 million so‘m qarz yozildi. Bu qarz kompyuter xatosi tufayli kelib chiqqani aniqlandi

Farg‘onalik erkakka elektr energiyasidan 2 million so‘m qarz yozildi. Bu qarz kompyuter xatosi tufayli kelib chiqqani aniqlandi


Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida kompyuter xatosi tufayli fuqaroga elektr energiyasidan 2 million so‘m qarz yozildi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining aralashuvi bilan xato bartaraf etildi, deb xabar beradi O‘zA.

M. Mirzayev elektr energiyasi to‘lovlarini doimo amalga oshirib kelayotgani uchun mahallada qarzi bor qo‘shnilarga kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borishlarini maslahat berib yurar edi. Nogahon bir kuni uning uyiga elektr korxonasi xodimi kelib elektrdan 2 million so‘m qarzdorligi borligini aytib, qo‘liga qarzdorlik yuzasidan xat ham berganida, qo‘ni-qo‘shnilarini oldida yuzi shuvit bo‘layozdi.

Darhol bu masalaga aniqlik kiritib berishini so‘rab tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat jamiyat mutaxassislari va tegishli tashkilotlardan xodimlar ishtirokida batafsil o‘rganib chiqilganida, iste’molchining xonadonidagi foydalanayotgan elektron xisoblash uskunasi yangidan o‘rnatilgan bo‘lib, elektron xisoblagichning oxirgi ko‘rsatgichi va to‘lov varaqalari bo‘yicha hisob-kitob qilinganida 2 million so‘m qarzdorligi o‘rniga 322 kvattga, ya’ni 65 784 so‘m haqdorligi borligi aniqlandi.

Korxona xodimlaridan muammoning kelib chiqish sabablari so‘ralganida, holat yuzasidan kompyuterning nuqsoni bo‘lishi mumkinligini vaj qilib, aniq bir sabab ko‘rsata olmadi.

Murojaat Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan hal etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют