» » Afg‘oniston bosh vaziri tinchlik bo‘lsa, xorij kuchlari mamlakatdan chiqib ketishini ta’kidladi

Afg‘oniston bosh vaziri tinchlik bo‘lsa, xorij kuchlari mamlakatdan chiqib ketishini ta’kidladi


Mamlakatda tinchlik o‘rnatilsa, Afg‘oniston hududida xalqaro harbiylarning bo‘lishiga ehtiyoj qolmaydi. Bu haqda repsublika bosh vaziri Abdulla Abdulla “Russia Today” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Afghanistan.ru”.

Hukumat rahbari xorijlik harbiylarning “Al-Qoida” hamda IShID tahdidlarini bartaraf qilish maqsadida Afg‘oniston hududiy yaxlitligini qo‘riqlayotganligini bildirdi.

Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla amerikalik harbiylarining mamlakat hududida ekanligi AQSh xavfsizligiga tahdidlar mavjud ekani bilan bog‘liqligiga urg‘u berdi.

“Afg‘onistonliklar mamlakatda xorij harbiylarining bo‘lishini istamaydi, biroq bu yerdagi sharoitlar vaziyatning shunday bo‘lishiga olib kelgan”, — deya ta’kidlagan Afg‘oniston bosh vaziri.

Mavzuga doir: Afg‘onistonda masjiddagi portlashlar natijasida 60 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Shuningdek, Abdulla Abdulla Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Afg‘onistonga bag‘ishlangan xalqaro uchrashuv “Tolibon” harakati vakillarining zo‘ravonlik va kuch ishlatishni to‘xtatishini ta’minlasa, mamlakatda tinchlik hukmron bo‘lishini qayd etdi.

Mavzuga doir: Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tashkil etish taklif qilindi

Afg‘oniston hukumati mamlakatda tinchlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqmoqda. Ushbu yettita banddan iborat takliflarda AQSh hamda NATO harbiylarining mamlakatdan chiqib ketishi ham ko‘zda tutilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют