» » O‘zbekistonning to‘rt viloyatida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mas’ullar javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonning to‘rt viloyatida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mas’ullar javobgarlikka tortildi


Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida Xorazm, Farg‘ona, Namangan, Jizzax viloyatlarida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mas’ullar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

Xususan, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini majburan paxta terimiga jalb etgani uchun boshqarma boshlig‘i, Xiva shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudirasi tomonidan “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga a’zolik badali yig‘ib olish to‘g‘risida buyruq chiqarilib, badal puli maktab pedagog xodimlaridan talab etilgani sabab, bo‘lim mudirasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (MJtK)ning 51-moddasi 1-qismiga binoan eng kam ish haqining 30 barobari — 6 million 690 ming so‘mdan jarima tayinlandi.

Xuddi shu jarima qiymati Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani 22-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilarini ularning roziligisiz majburan maktabdan tashqari hududlarni obodonlashtirish ishlariga jalb etgani uchun maktab direktori, Namangan viloyati Yer-mulk davlat kadastri To‘raqo‘rg‘on filiali xodimlarini majburan paxta terimiga jalb qilgan Yer-mulk kadastri To‘raqo‘rg‘on filiali rahbari hamda Jizzax viloyati Paxtakor tumani Pensiya jamg‘armasi xodimlarini paxta terimi ishlariga majburan jalb etgani uchun jamg‘arma rahbariga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Shuningdek, paxta terimi paytida terimchilarga yetarli shart-sharoitlar yaratilmagani, terim pullari o‘z vaqtida berilmagani va xodimlarni majburiy tarzda paxta terishga jalb etgani uchun Jizzax viloyatidagi qator mutasaddilar javobgarlikka tortilgan.

Jumladan, terimchilar uchun yetarli shart-sharoit yaratmagan va terim pullarini o‘z vaqtida bermagan Sh.Rashidov tumani AT “Xalq banki” boshqaruvchisi, Mirzacho‘l tumani “Qahramon Rasul Ota” fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan MJtKning 49-moddasi 1-qismi bilan eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida jarima tayinlash uchun ma’muriy bayonnomalar taqdim etilgan.

Xodimlarni majburiy ravishda terimga jalb etgani uchun esa Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari, Paxtakor tumani Moliya bo‘limi boshlig‘i, Paxtakor tumani AT “Xalq banki” filiali boshqaruvchisi, Arnasoy tumanidagi Obodonlashtirish boshqarmasi, “Suvoqova” DUK va Tibbiyot birlashmasi rahbarlari MJtKning 51-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют