» » Fuqarolarni paxta terimiga majburan jalb etgan Bog‘ot tumani hokimi jarimaga tortildi

Fuqarolarni paxta terimiga majburan jalb etgan Bog‘ot tumani hokimi jarimaga tortildi


Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani hokimi fuqarolarni paxta terimiga majburiy tarzda jalb etgani to‘g‘risida xabar tarqaldi, deb yozmoqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, tumanda joriy yil 15-sentabrdan hududdagi barcha shaharcha va qishloqlar aholisi, korxonalarning barcha ishchi-xizmatchilari paxta terimiga safarbar qilingan.

Shuningdek, hokim 19-sentabr kuni shu masala bo‘yicha tumandagi 300 ga yaqin fermer xo‘jaligi rahbarlari, hududlardagi terim otryadlari mas’ullari, budjet tashkiloti va idoralari rahbarlarini yig‘ib, majlis o‘tkazgan. Yig‘ilish kechki soat 20:30 dan 22:00 gacha davom etgan.

Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i J.Ro‘zmetov va tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Avezov qo‘l ostidagi xodimlarni paxta terimiga chiqargan.

Mazkur holatni o‘rganish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i boshchiligida yuborilgan ishchi guruh Bog‘ot tumaniga borgan O‘rganish natijasida Bog‘ot tumanida haqiqatan mehnat qonunchiligi me’yorlari buzilganligi aniqlangan.

Shunga muvofiq, Bog‘ot tumani hokimi O.Xolboyev, Bog‘ot tumani moliya bo‘limi boshlig‘i J.Ro‘zmetov hamda Bog‘ot tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Avezovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan 2 230 000 so‘mdan 6 690 000 so‘mgacha, jami 15 610 000 so‘m miqdorda jarima tayinlangan.

“Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatning har qanday shakli qonunga xilofdir. Agar Sizni paxta terimi yoki boshqa biror ishga majburlashsa yoki shunday holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, dmi.mehnat.uz sayti yoki @mehnathuquqbot Telegram-botiga murojaat qiling”, — deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют