» » Rasul Kusherbayev narxni majburan ushlab turish orqali aholini ijtimoiy himoyalab bo‘lmasligini bildirdi (video)

Rasul Kusherbayev narxni majburan ushlab turish orqali aholini ijtimoiy himoyalab bo‘lmasligini bildirdi (video)


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev narxni majburan ushlab turish orqali aholini ijtimoiy himoyalab bo‘lmasligini bildirdi.

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida narx-navoni erkinlashtirish masalasini qat’iy cheklash yoki bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi degan fikrlarni eshitdik. Shundan kelib chiqqan holda aytmoqchimizki, O‘zbekiston Liberal-demoktarik partiyasi o‘zining saylovoldi dasturida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning to‘liq mexanizmlarini joriy qilish, jumladan, narxlarni taklif va talab asosida erkinlashtirish tarafdori sifatida siyosiy maydonga kirib kelyapti.

Partiyamiz talab va taklif asosida narxlar shakllanmasa, har qanday sohada sifat bo‘lmasligi, raqobat bo‘lmasligi va bu iqtisodiyotning turg‘unlashib qolishini ta’kidlaydi.

Biz narxlarni erkin ushlab turish natijasida kuchli manzilli ijtimoiy himoyaga erishib bo‘lmaydi deb hisoblaymiz. Shu bois buni boshqa analog resurslarini qidirish, shu jumladan, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish va shuning asosida ma’lum bir moliyaviy resurslar orqali aniq manzilli ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish mumkin deb hisoblaydi.

Bozor iqtisodiyotida, erkinlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida narx-navoni majburiy tarzda davlat tomonidan boshqarish — faqatgina boqimandalikka, iqtisodiyotning turg‘unligiga, tadbirkorning rivojlanmasligiga olib keladi. Biz shu bois mazkur sohada mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni ham qo‘llab-quvvatlaymiz.

Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi 

Кушербаев нархни мажбуран ушлаб туриш ор?али а?олини ижтимоий ?имоялаб бўлмаслигини билдирди

O'zLiDeP фракцияси аъзоси Расул Кушербаев нархни мажбуран ушлаб туриш ор?али а?олини ижтимоий ?имоялаб бўлмаслигини билдирди ???????????? https://t.me/joinchat/AAAAADv3a9GvgOXSu1_ksA instagram.com/uzlidep twitter.com/UzLiDeP1

Geplaatst door Ўзбекистон Либерал-демократик партияси - УзЛиДеП op Dinsdag 29 oktober 2019



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют