» » Rasul Kusherbayev: Ayrim tadbirkorlar sudning adolatiga hamon ishonmayapti

Rasul Kusherbayev: Ayrim tadbirkorlar sudning adolatiga hamon ishonmayapti


Avval xabar berganimizdek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining kengaytirilgan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev partiyasining yangilangan dasturi va Saylovoldi dasturi loyihalariga o‘z takliflarini bildirdi:

— Bugun ko‘p nizolar sud orqali hal etilmoqda. Fuqarolik jamiyati rivojlanishining talabi ham shu. Hokimlik, ijro organining boshqa tashkilotlari bilan fuqaro o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan hollarda muammo asosan sud orqali hal qilinmoqda.

Biroq ayrim tadbirkorlar sudning adolatiga hamon ishonmayapti. Shuning uchun sudlarning jamoatchilik oldida hisob berishi amaliyotiga to‘liq erishish zarur. Agarda hisobot yakunida sudyaning ishi qoniqarli deb topilmasa, u lavozimiga noloyiq deb hisoblanishi kerak.

Joylarda qonunlarga amal qilinmaslik holatlari o‘sha yerda malakali, oliy ma’lumotli yuristlar yetishmasligi bilan bog‘liq. Toshkent davlat yuridik universiteti yetarli miqdorda yuristlarni yetishtirib berolmayapti. Shu sababli joylardagi ijro organlarida malakali yuristlarni uchratish qiyin. Ana shuning oqibatida ayrim hollarda qonunlarga zid bo‘lgan turli qarorlar ham chiqarilyapti.

Yuridik kadrlar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor berishi zarur, deb hisoblayman. Monopoliyaga chek qo‘yish uchun bu sohadagi oliy o‘quv yurtlari yoki qabul kvota sonini keskin oshirish zarur.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashga urg‘u berish, muassislarning tahririyat oldidagi javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish lozim. Ba’zi muassislar tahririyat faoliyati bilan qiziqib ham ko‘rgani yo‘q. Oqibatda yopilib ketayotgan tahririyatlar soni ko‘paymoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют