» » Crafers Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Crafers Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida ishtirok etdi


Crafers qandolat fabrikasi oktabr oyining 23—24—25-kunlari “O‘zekspomarkaz” AJda bo‘lib o‘tgan Made in Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasida o‘zining milliy mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo Vazirligi va “O‘zekspomarkaz” OAJ tomonidan respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etildi.

Mahalliy korxonalarning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarini namoyish etish va mamlakatning eksport salohiyatini oshirish uchun ajoyib maskan hisoblanuvchi ushbu ko‘rgazmada Crafers o‘z qandolat mahsulotlarining keng assortiment turlari bilan ishtirok etdi. Yangi mahsulotlar: shokolad plitkasiga o‘xshagan mahsulot va yong‘oq-shokoladli Crafers pastasi kabi mahsulotlar o‘zlarining ajoyib ta’mlari bilan asosiy maqtovga sazovor bo‘lishdi.

Turli mamlakatlar ishbilarmonlari tomonidan Crafers mahsulotlariga nisbatan qiziqish uyg‘ondi va ular ushbu namoyish etilgan mahsulotlarning sifati va ta’mi yuqori darajada ekanligi haqida ta’kidlab o‘tishdi. Mahsulotni ishlab chiqarishda faqat tabiiy xomashyodan foydalanilganligi borasida ijobiy fikr bildirildi, chunki baholash mezonida bizga mashur bo‘lgan shirinliklarning yangicha va o‘ziga xos betakror ta’mi asosiysi hisoblanadi.

24-oktabr kuni ko‘rgazma doirasida Crafers o‘z fabrikasida ishbilarmonlar va xorijiy kompaniyalar vakillari delegatsiyasini qabul qildi. Mehmonlarga fabrikaning ishlab chiqarish qismi, xomashyo va tayyor mahsulotlar omborlari bilan batafsil tanishtirildi.

Mehmonlar ta’m va sifatning barcha zamonaviy mezonlariga javob beruvchi qandolat mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi bunday keng ko‘lamli fabrikaning mavjud ekanligi haqida shaxsan tanishib, yoqimli hayratlanishdi. Crafers qandolat fabrikasi ishlab chiqarish maydonining o‘ziga xosligi va yuqori texnologiyalarga ega ekanligini ta’kidlab, kelajakda jahon bozorida O‘zbekiston o‘z mavqeyini yanada mustahkamlashi borasida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qolishdi.

Made in Uzbekistan – do‘stlik mamlakatlarining iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish borasida ajoyib sababchi bo‘lib, shuningdek, xorijiy hamkorlar va ishbilarmonlarga mahalliy kompaniyalarning mahsulotlarini keng namoyish etish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют