» » GM Uzbekistan yil boshidan 5 mingga yaqin avtomobil eksport qildi

GM Uzbekistan yil boshidan 5 mingga yaqin avtomobil eksport qildi


28—30-noyabrgacha Toshkentda Made in Uzbekistan birinchi eksport ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada 150 dan ortiq mahalliy korxonalar bilan bir qatorda o‘zining eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarini GM Uzbekistan kompaniyasi ham taqdim etdi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Bugungi kunda kompaniya olti modeldagi avtomobillarini Ravon brendi ostida xorijga eksport qiladi: Damas, Labo, Spark, Nexia, Cobalt, Lacetti. Yil boshidan buyon kompaniya tomonidan 5 mingga yaqin avtomobillar MDH va Yaqin Sharq mamlakatlarigi eksport qilindi.

Bugungi kunda GM Uzbekistan eksport uchun yangi bozorlarni o‘zlashtirish hamda yangi narxlarda eksport qilish ustida ish olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют