» » SamAvto yangi avtomobillari Toshkentdagi Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida namoyish etildi

SamAvto yangi avtomobillari Toshkentdagi Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida namoyish etildi


27—30-noyabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da Made in Uzbekistan I Xalqaro eksport ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi UzDaily.

Samarqand avtomobil zavodi ushbu ko‘rgazmada taqdim etish uchun 2 ta avtobus va 4 ta yuk avtomobilini tayyorlab qo‘ydi.

Bular orasida Yevro-3 va Yevro-5 ekologik standartlariga muvofiq keluvchi N va F seriyasidagi yuk avtomobillarining yangilangan lineykasi ham bor. N seriyasiga ISUZU NPR75K modelidagi yuk avtomobili, F seriyasiga esa ISUZU FVR34Q avtomobili vakillik qildi. Eng asosiy yangilik esa C seriyasidagi ISUZU CYZ yuk samosvali bo‘ldi.

Shuningdek, ko‘rgazmada past polli SAZ LE60 shahar avtobusi ham namoyish etilmoqda, uni Toshkentga yetkazib berish bir oy oldin boshlangan edi. Bundan tashqari, siqilgan tabiiy gazda ishlovchi SAZ HC45 shahar avtobusi, shuningdek, ISUZU NPR 82 yuk avtomobili shassisi ham taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют