» » Payariqdagi bozorda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan erkakka nisbatan sud ishi boshlandi

Payariqdagi bozorda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan erkakka nisbatan sud ishi boshlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida sudya T.Qodirov raisligida Payariq tumanida turmush o‘rtog‘ini vahshiylarcha o‘ldirgan A.B.ga nisbatan sud ishi boshlandi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, sudlanuvchi A.B. 2019-yil 7-avgust kuni soat 14:30 da Samarqand viloyati Payariq tumani “G‘oyib ota” mahallasida joylashgan “Chelak dehqon bozori” MChJ hududida tadbirkor V.G.ga tegishli savdo rastasiga sotish uchun qo‘yilgan oshxona pichog‘i bilan 1993-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i N.G.ni qasddan o‘ldirish maqsadida chap ko‘krak qafasi orqa sohasiga ikki marta zarb bilan urgan.

N.G. “Chelak dehqon bozori” hududidagi 41-sonli dorixonaga qochib borganida A.B. uning ortidan ta’qib qilib, qo‘lidagi oshxona pichog‘i yordamida o‘ta shafqatsizlik bilan hayoti uchun muhim chap o‘pka va chap kurak sohalariga, chap yelka bo‘g‘imi va chap qo‘ltiqosti sohalariga pichoq bilan 9 marta zarba bergan. Oqibatda N.G. voqea joyida vafot etgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, N.G.ning o‘limi yetkazilgan tan jarohatidan keyin o‘tkir qon ketish bilan kechgan organizmining qonsizlanishi oqibatida yuz bergan.

Sudlanuvchi A.B. o‘zining g‘ayriqonuniy jinoiy harakatlari bilan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda, ya’ni o‘ta shafqatsizlik va bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j”, “l” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют