» » Kasbi tumanida bemor bolalar qoniqarsiz sharoitda davolanmoqda

Kasbi tumanida bemor bolalar qoniqarsiz sharoitda davolanmoqda


Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi shifoxonada bemor bolalar qoniqarsiz sharoitda davolanmoqda. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Bozorov “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga ma’lum qildi.

Faxriddin Bozorovning ma’lumot berishicha, tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyev 29-oktabr, seshanba kuni tunda tuman tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limini borib ko‘rgan.

To‘xtamurod Meyliyev tuman tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi faoliyati bilan tanishib, bo‘limda bemor bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar qoniqarsiz ahvolda ekanini, ayniqsa, kanalizatsiya tizimi ishdan chiqqanligini, suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilmaganligini tanqid qildigan.

Qayd etilishicha, tuman hokimi 30-oktabr, chorshanba kuni mutasaddilarga muammoni yechish uchun vaqt bergan.

“Tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu masala atroflicha tahlil qilinib, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limida kanalizatsiya tizimini yangilash hamda onalar va bolalar uchun zarur qulayliklarni yaratish ishlarini qisqa muddatda amalga oshirish borasida hokim o‘rinbosarlariga topshiriqlar berildi”, — deydi Faxriddin Bozorov.

Eslatib o‘tamiz, Qarshida 26-oktabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida bo‘lib o‘tgan viloyat faollari yig‘ilishida To‘xtamurod Meyliyev Kasbi tumani hokimi etib tayinlangandi. Tumanni boshqarib turgan Normo‘min Xolboyev esa tashabbuskorligi bois Qarshi shahar hokimligiga o‘tkazilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют