» » Video: Toshkentda IIV xodimi qoidani buzib, avariya holatini yuzaga keltirdi

Video: Toshkentda IIV xodimi qoidani buzib, avariya holatini yuzaga keltirdi


Toshkent shahrida IIB xodimining xizmat mashinasida avariya holatini yuzaga keltirgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Unda IIB xodimining davlat raqami 01 067 VSC bo‘lgan xizmat mashinasida o‘ng tomondan quvib o‘tgan holda qoida buzgani, so‘ng haydovchiga yo‘l bermay avariya holatini yuzaga keltirgani tasvirlangan.

Videoregistratordagi tasvir bo‘yicha voqea 2019-yil 27-sentabrda, video muallifining aytishiga qaraganda, 31-oktabrda sodir bo‘lgan.

Videoregistrator o‘rnatilgan mashina egasi bir necha bor IIB xizmat mashinasidan o‘tib ketishga harakat qilgan bo‘lishiga qaramay, IIB xodimi atayin tormoz bosgan holda, avariya holatini yuzaga keltirgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasiga ko‘ra, avariya holatini yuzaga keltirish eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridagi jarima solinishiga sabab bo‘ladi. 31-oktabr holatiga ko‘ra, EKIHning 10 baravari 2 million 230 ming so‘mga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют