» » Farg‘onada erkak rashk tufayli xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Farg‘onada erkak rashk tufayli xotinini pichoqlab o‘ldirdi


Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani, Bekobod qishlog‘ida erkak rashk tufayli xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 30-oktabr, chorshanba kuni soat 15:00 larda yuz bergan. 43 yoshli erkak A.A. 41 yoshli turmush o‘rtog‘i N.A. bilan rashk tufayli janjallashib, oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng biqin va ko‘krak sohasiga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют