» » Liga 1. PSJ safarda yutqazib qo‘ydi

Liga 1. PSJ safarda yutqazib qo‘ydi


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 12-turi doirasida 1-noyabr, juma kuni Tomas Tuxel qo‘l ostidagi PSJ klubi safarda  “Dijon”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida Parij klubi hujumchisi Kilian Mbappe (19) tomonidan urilgan golga mezbonlar Munir Shuyar (45) hamda Jonder Kadis (47)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa parijliklar mehmonda kechgan bahsda “Dijon”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, PSJ 27 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. “Dijon” esa 12 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.

Liga 1

12-tur bahsi

1-noyabr, juma

Gollar: 0:1 – 19 Mbappe, 1:1 – 45 Shuyar, 2:1 – 47 Kadis.

“Dijon”: Gomis, Kulibali (Amalfitano, 29), Shafik (Mendil, 33), Manga, Lotoa, Balde (Mavididi, 54), Ndong, Shuyar, Muzinga, Tavaresh, Kadis

PSJ: Navas, Bernat (Kurzava, 64), Kimpembe, Dagba, Markinyos, Paredes (Kavani, 72), Guye, Di Mariya, Diallo (Draksler, 81), Mbappe, Ikardi

Ogohlantirishlar: Ndong (12), Kadis (14), Kimpembe (15), Mendil (58), Draksler (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 03:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют