» » Tramp Ukraina prezidenti bilan suhbati matnini jonli efirda o‘qib bermoqchiligini bildirdi

Tramp Ukraina prezidenti bilan suhbati matnini jonli efirda o‘qib bermoqchiligini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat fuqarolariga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbati stenogrammasini o‘qib bermoqchi. Bu haqda u Washington Examiner nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Uning aytishicha, Zelenskiy bilan “yaxshi” suhbat bo‘lgan, shu sababli u mazkur muloqot matnini o‘zi o‘qib berish niyatida. Tramp bu to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.

Shuningdek, Oq uy rahbari impichment ishi doirasida Demokratik partiya vakillari bilan hamkorlik qilish niyatida emasligini bildirdi. Tramp demokratlarning tekshiruvini “firibgarlik va aldov” deb atadi.

Ma’lumot uchun, impichment jarayoni Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqoti tufayli boshlandi. AQSh yetakchisi Zelenskiydan bo‘lajak prezidentlik saylovlarida Trampning asosiy raqibi sanalayotgan Jo Baydenning Burisma kompaniyasi rahbarlaridan biri bo‘lgan o‘g‘liga qarshi tekshiruv boshlashni so‘ragandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют