» » Donald Tramp AQShda davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar haqida gapirdi

Donald Tramp AQShda davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar haqida gapirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressda o‘ziga nisbatan demokratlar tomonidan olg‘a surilgan impichment e’lon qilinishini davlat to‘ntarishi deb atadi. Bu haqda Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirgan.

“Kundan kunga sodir bo‘layotgan voqealar impichment emas, balki davlat to‘natirishi ekanligiga ishonchim ortib bormoqda”, — deb yozadi Tramp. Uning ta’kidlashicha, to‘ntarish uyushtirishdan maqsad Amerika xalqidan hokimiyatni, ularning ovozini, ozodligini, quroldan foydalanish huquqini, dinini, armiyasini, chegaradagi devorini hamda “Xudo tomonidan berilgan AQSh fuqaroligini” olib qo‘yish.

25-sentabr kuni AQSh Kongressi vakillar palatasi Tramp impichmenti bo‘yicha jarayonlarni boshlab yubordi. Bunga uning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati sabab bo‘lgan. Demokratlar partiyasi vakillari AQSh rahbari sobiq vitse-prezident Jo Baydenning o‘g‘liga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish maqsadida o‘zining ukrainalik hamkasbiga bosim o‘tkazganini isbotlashga urinmoqda. Baydenning o‘zi 2020-yilda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida Trampga raqib bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir:

Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi. Aynan shu suhbat sabab AQSh prezidentiga qarshi impichment jarayoni boshlandi

AQSh Kongressi Trampning Putin bilan suhbati mazmunini aniqlashga qaror qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют