» » Tramp: Biz tez orada bir partiyaviy tizimga yetib kelamiz

Tramp: Biz tez orada bir partiyaviy tizimga yetib kelamiz


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Kongressi Vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Nensi Pelozining da’volariga javoban, AQSh Demokratik partiyasi inqirozli holatda ekanini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Bilasizmi, ma’lum ma’noda bu manzarani kuzatish men uchun qayg‘uli, chunki menga ikki partiyaviy tizim yoqadi, biz esa tez orada bir partiyaviy tizimga yetib kelamiz. Men, umuman olganda, ikki partiyaviy tizim sog‘lom va yaxshi, deb hisoblayman.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

AQSh prezidentining qayd etishicha, Demokratik partiya borgan sari “kichiklashib, kichiklashib bormoqda”.

Avvalroq Pelozi, “norozilik va xavotir uchun sabablar borligi”ga qaramay, Trampning impichmenti uchun asoslar ko‘rmayotganini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют