» » Ilon Mask bir hafta davomida 2 mlrd dollarga boyidi

Ilon Mask bir hafta davomida 2 mlrd dollarga boyidi


SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning mol-mulki bir hafta davomida 2 milliard dollarga ko‘paydi va 22,9 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Bu Tesla joriy yil uchinchi choragidagi daromadi haqida hisobot taqdim etganidan so‘ng kuzatildi. Kompaniya tushumi 6,35 milliard dollarni, olgan foydasi esa 342 million dollarni tashkil etgan.

Hisobotdan keyingi haftada kompaniya aksiyalari qiymati salkam 24 foizga o‘sdi va o‘z-o‘zidan Tesla aksiyalarining 22 foiziga ega bo‘lgan Maskning daromadlari ham.

Ma’lumot uchun, Mask SpaceX kompaniyasida ham taxminan 12,5 milliard dollarlik ulushga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют