» » Qoraqalpog‘istonda qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs qo‘lga olindi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ata” chegara bojxona postida qadimiy tangalarni O‘zbekiston hududida olib chiqib ketishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bojxonachilar ushbu post orqali respublika hududidan chiqib ketayotgan fuqaro O.P.ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklarini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirgan.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan hamda hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 3 dona Rossiya hamda 1 dona arab tangalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют