» » Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasini da Vinchi kartinasini Luvrga topshirishga chaqirdi

Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasini da Vinchi kartinasini Luvrga topshirishga chaqirdi


Fransiya milliy muzeylari birlashmasi direktori vazifasini bajaruvchi Kris Derkon Leonardo da Vinchining “Dunyo xaloskori” kartinasi egasini uni Luvrga topshirishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Derkon bu haqda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tashkil etgan “Sahrodagi Davos” investitsiyaviy forumi davomida gapirgan. Aynan shahzoda 2017-yili ushbu kartinani 450 million dollarga xarid qilgan deb hisoblanadi.

“Agar bu kartina Luvrga topshirilsa barchaning yutug‘i bo‘lar edi. Undan nafaqat mutaxassislar, balki keng omma ham bahra olishi imkoniyati tug‘iladi”, — dedi Derkon.

Luvr muzeyining Parijdagi va Abu-Dabidagi vakillari “Dunyo xaloskori” hozir qayerda saqlanayotgani haqida ma’lumot bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют