» » Leonardo da Vinchining “Dunyo xaloskori” kartinasi Nyu-Yorkda auksion savdolariga qo‘yiladi

Leonardo da Vinchining “Dunyo xaloskori” kartinasi Nyu-Yorkda auksion savdolariga qo‘yiladi


Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub “Dunyo xaloskori” kartinasi Christie’s auksion uyining Nyu-Yorkda 15-noyabrda bo‘lib o‘tadigan savdolariga qo‘yildi. Bu haqda auksion uyi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Surat, taxminan, 100 million dollar baholanmoqda. Oldinroq u Angliya qiroli Karl I kolleksiyasida bo‘lgan. 44,7 ga 64,5 santimetr o‘lchamdagi asar ‘Urushdan keyingi va zamonaviy san’at’ auksionida maxsus lot sifatida qo‘yiladi”, — dedi vakil.

“Dunyo xaloskori” Fransiya qirollik uyi uchun chizilgani va Karl I fransuz malikasi Genriyetta Mariyaga uylanganidan so‘ng 1625-yilda Angliyaga keltirilgani taxmin qilinadi. 1763-yildan uning izlari yo‘qoladi, 1900-yilda esa kuchli shikast yetgan holda xususiy kolleksiya uchun xarid qilinadi. 

2007-yilda kartina Nyu-York universitetining Nafis san’at institutida qunt bilan ta’mirlangandi. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют