» » Tojikistondan 13,7 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini oyoq kiyimida O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Tojikistondan 13,7 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini oyoq kiyimida O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi


Samarqandda fuqaro zargarlik buyumlarini oyoq kiyimiga yashirib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Tojikiston chegarasida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro B.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortib, u belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Tekshiruvlar natijasida ushbu fuqaro oyoq kiyimining tovon qismi ichiga umumiy qiymati 13,7 million so‘mlik 93 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirganligi aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Bundan avval Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi 33 million so‘mlik viskilarni O‘zbekiston chegarasidan yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgani, yana bir shaxs qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют