» » Toshkentda 30 ming dollar evaziga bankdan 1,3 mln yevro kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda 30 ming dollar evaziga bankdan 1,3 mln yevro kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Toshkentda ATB “Ipotekabank”ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslariga pora berish orqali tanishiga katta miqdorda kredit olishga yordam berish uchun 30 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma‘lum bo‘lishicha, “F.R” MChJ rahbari D.I. fuqaro S.A.ning ishonchiga kirib, unga ATB “Ipotekabank”ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslarini moddiy manfaatdor qilish orqali 1,3 million yevro miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam berishni va’da qilgan.

Ushbu xizmati evaziga undan 30 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mavzuga doir:Toshkentda bir necha kishiga Nexia-3’ni sotishga uringan firibgar qo‘lga olindi

Holat yuzasidan D.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют